21:19 / 11.08.2015
2325

Buyuk Britaniya 2016 yil mart oxirigacha 2 ming ukrainalik harbiyni tayyorlaydi

Buyuk Britaniya 2016 yilning 31 martigacha turli yo‘nalishlar bo‘yicha 2 ming ukrainalik harbiyni tayyorlaydi.

Bu haqda Buyuk Britaniya mudofaa vaziri Maykl Fellon ukrainalik hamkasbi Stepan Poltorak bilan uchrashuvi paytida ma'lum qildi.

Fellon Buyuk Britaniya Ukraina armiyasining 100 dan ko‘proq harbiy xizmatchisini tayyorlagani haqida ma'lumot berdi va dastur davom ettirilishini qo‘shimcha qildi.

“Hozirda ukrainalik harbiylarni turli yo‘nalishlar bo‘yicha tayyorlash kurslari davom etmoqda. Biz bu dasturning kengayishi va yana 4 ta yangi yo‘nalish ochishimizni ma'lum qilamiz”, deb aytdi Fellon.

Fellonning aytishicha, bu yo‘nalishlar “portlovchi qurilmalarni bilish”, “aholi punktlarida jangovor harakatlar olib berish”, “muhandislik ekspertizasidagi strategiya” va “fortifikatsiya”dan iborat bo‘ladi.

Top