22:38 / 11.08.2015
3278

CNN: investorlar AQSh o‘rniga Yevropa va Yaponiyani tanlashmoqda

Investorlar AQShdagi aktivlarini Yevropa va Yaponiya foydasiga olib chiqib ketishmoqda, deb xabar bermoqda CNN telekanali.

Telekanalning ma'lumotlariga ko‘ra, AQShdan kapitalning chiqib ketishi yarim yil ichida 64 mlrd dollarni tashkil qildi. Bu orada Yevropa va Yaponiya aktivlariga umumiy kapital oqimi 158 mlrd dollarni tashkil qildi.

Bu holat 2014 yilda boshlangan edi, biroq bunday katta miqyoslarga hozirda erishdi.

Telekanalning ma'lum qilishicha, kapitalning chiqib ketishiga AQSh aktivlari daromadliligining pasayishi va o‘z qayishqoqligini yo‘qotgan va qayta moliyalash stavkasini oshirishni istamayotgani uchun tanqid qilinayotgan AQSh Federal zaxira tizimining siyosati asosiy sabablardan biri bo‘lmoqda.

Bunga parallel ravishda Yaponiya va Yevropa regulyatorlari o‘z iqtisodiyotlarini rivojlantirishga milliardlab pullar kiritmoqdalar va bu o‘z navbatida ularning investitsion jozibadorligini oshiradi. Shuningdek, Yevropa va Yaponiyaning jozibadorligiga ushbu mamlakatlarning eksportga yo‘nalganligi ham qo‘shimcha omil bo‘lmoqda.  

Top