10:58 / 11.08.2015
2999

Google Alphabet Inc. nomli yangi xolding kompaniyasini tashkil qildi

Internet tarmog‘ining eng yirik loyihasi Google kompaniyasi o‘zining tashkiliy strukturasini o‘zgartirdi va Alphabet Inc. nomli yangi xolding kompaniyasini tashkil qildi.

Endi mazkur xolding kompaniyasi tarkibiga Google qidiruv tizimi bilan bilan bir qatorda YouTube va Android ham kiradi.

Alphabet xolding kompaniyasining prezidentligiga Google asoschisi Sergey Brin tayinlandi. Googlening yangi rahbari etib esa Chrome brauzeri va Android operatsion tizimi bo‘yicha javobgar bo‘lib kelgan Sundar Pichai tayinlandi.

Google`ning barcha turdagi aksiyalari endilikda huquqiy taraflama Alphabet xolding kompaniyasi hisobiga o‘tkaziladi. Alphabet uchun maxsus portal abc.xyz domeniga joylashtiriladi

Top