22:16 / 11.08.2015
3918

Ispaniya chempionatida “Real” va “Barselona” o‘rtasidagi uchrashuvlar boshqa sanalarga ko‘chirildi

Yaqin orada boshlanadigan Ispaniya chempionatining ba'zi uchrashuvlari boshqa sanalarga ko‘chirildi, deb xabar bermoqda As ispan nashri.

“Real” va “Barselona” o‘rtasidagi birinchi “el-klasiko” uchrashuvi 8 noyabrdan 22 noyabrga ko‘chirildi, ikkinchisi esa 10 aprelda bo‘lib o‘tadi. Bundan tashqari, Ispaniya Kubogi finali avval rejalashtirilgandek 21 mayda emas, balki 7 mayda bo‘lib o‘tadi.  

Shuningdek, mavsum boshlanishi muddati ham o‘zgartirildi. Liga prezidenti Xaver Tebas chempionat 15 avgustda boshlanishini talab qilmoqda, biroq Ispaniya oliy sport sudi chempionatga 22 avgustda start bermoqchi.  

Top