18:28 / 11.08.2015
1897

"Liverpul" Lukas Leyvani transferga qo‘ydi

"Liverpul" jamoasi o‘zining braziliyalik tajribali tayanch yarim himoyachisi Lukas Leyvani transferga qo‘ydi.

Liverpool Echo nashrida ma'lum qilinishicha, "mersisaydliklar" 28 yoshli bu futbolchini 8 mln yevro evaziga qo‘yib yuborishga tayyor.

Qayd etilishicha, unga bir qator italyan jamoalaridan, xususan "Inter"dan qiziqish mavjud.

Leyvaning "Liverpul" bilan amaldagi shartnomasi 2017 yilning yoziga qadar tuzilgandi.

Ma'lumot uchun, ushbu futbolchi o‘tgan mavsumda jamoa safida 20 o‘yinda ishtirok etdi va 4ta sariq kartochka oldi.

Top