03:38 / 11.08.2015
4061

Londonda aniqlangan Ikkinchi jahon urushi davridagi bomba ko‘chalardagi harakatni to‘xtatib qo‘ydi

Londonning shimoli-sharqiy qismida Ikkinchi jahon urushi davridagi portlamay qolgan bomba aniqlangandan keyin politsiya yon-atrofni o‘rab oldi, deb xabar bermoqda SkyNews.

“Bizni Betnal Grin tumanidagi qurilish maydonchasida, aniqrog‘i Templ-strit va Old Betnal Grin-strit ko‘chalari kesishmasida Ikkinchi jahon urushi davriga tegishli portlamay qolgan bomba aniqlangani haqida xabardor qilishdi. Yon-atrof o‘rab olindi, u yerga yo‘lovchilar va mashinalar kiritilmayapti”, deb aytdi Tauer Xemlets okrugi mahkamasi vakili.

Ayni paytda ko‘chalar bo‘ylab harakat to‘xtatib qo‘yilgan. Transport for London tashkiloti yo‘lda tirbandlik kelib chiqmasligi uchun 4 ta avtobus yo‘nalishi sxemasini o‘rgartirishga qaror qildi.

Top