15:25 / 11.08.2015
5118

Nazarboyev Qirg‘izistonga ishchi tashrif bilan bordi

Qozog‘iston Prezidenti Nursulton Nazarboyev Qirg‘izistonga ishchi tashrif bilan bordi, deya xabar tarqatdi Oq o‘rda matbuot xizmati.

Ma'lum qilinishicha, tashrif doirasida Qirg‘iziston Prezidenti Almazbek Atambayev bilan muloqot o‘tkazish rejalashtirilgan. Shuningdek, Nazarboyev Qozog‘iston Qirg‘iziston davlat chegara qismlarida bojxona nazoratining bekor qilinishiga bag‘ishlangan marosimda ishtirok etadi.

Yevroosiyo iqtisodiy hamjamiyatiga a'zo davlatlar bilan chegaradosh bojxona postlari 12 avgustdan bekor qilinadi.

Qirg‘izistonning YeIHga qo‘shilishi to‘g‘risidagi shartnoma 2014 yilning 23 dekabrida Moskva shahrida bo‘lib o‘tgan Yevroosiyo iqtisodiy oliy kengashi yig‘ilishida Belarus, Qozog‘iston, Rossiya va Qirg‘iziston prezidentlari ishtirokida imzolangan edi.

Top