21:07 / 11.08.2015
3962

OPeK 2015 yilda neft uchun jahon talabining oshishini prognoz qilmoqda

OPeK 2015 yilda neft uchun jahon talabi iyul oyiga nisbatan kuniga 90 ming barrel ko‘proq bo‘lishini prognoz qilmoqda. Bu haqda tashkilotning avgustdagi hisobotida ma'lum qilindi.

Endilikda OPeK 2015 yilda neft uchun jahon talabi kuniga 92,7 mln barrel bo‘lishini kutmoqda. Bu 2014 yildagi talabdan kuniga 1,38 mln barrel ko‘proqni tashkil qilmoqda.

2016 yil uchun prognoz 100 ming barrelga oshirildi va endilikda 2016 yilda neft uchun talab 2015 yildagiga nisbatan kuniga 1,34 mln barrel ko‘proq bo‘lishi va kuniga 94,04 mln barrelni tashkil qilishi aytilmoqda.

Bundan tashqari, OPeK tashkilotga kirmaydigan davlatlar tomonidan 2015 yilda neft qazib olish iyuldagi prognozga nisbatan kuniga 90 ming barrelga oshishini prognoz qilmoqda. OPeK ekspertlari 2015 yilda bu ko‘rsatkich kuniga 0,96 mln barrelga o‘sishini va kuniga 57,46 mln barrelga yetishini prognoz qilmoqda.

Top