14:33 / 11.08.2015
3424

Opera brauzerini sotish imkoniyatlari ko‘rib chiqilmoqda

Norvegiyaning Opera Software kompaniyasi sotuvga qo‘yilishi mumkin. Bu haqda Reuters axborot agentligi xabar qildi.

Direktorlar kengashining bunday qarorga kelishiga kompaniya joriy yil ikkinchi choragida kutilgan moliyaviy natijalarga erisha olmagani sabab bo‘lishi mumkin.

Opera Software`ni sotib yuborishdan tashqari, kompaniyaning moliyaviy imkoniyatlarini barqarorlashtirishi mumkin bo‘lgan hamkorlikning boshqa samarali shakllari ham ko‘rib chiqilmoqda.

Opera Software direktorlar kengashi a'zolaridan birining ma'lum qilishicha, qator kompaniyalar hamkorlik shakllaridan biriga qiziqish bildirgan.

Top