06:20 / 11.08.2015
3222

Ozarboyjonlik jurnalist futbolchini tanqid qilgani uchun do‘pposlangandan keyin halok bo‘ldi

Ozarboyjonlik jurnalist Rasm Aliyev “Gabala” jamoasining yarimhimoyachisi Javid Huseynovni tanqid qilgani uchun noma'lumlar tomonidan do‘pposlangandan keyin olingan jarohatlardan shifoxonada halok bo‘ldi. Bu haqda “Kavkazskiy uzel” nashri ma'lum qilmoqda.

“9 avgustda kechki soat 1 lar atrofida Rasmning mazasi qochdi. Shifokorlar uning kon bosimi keskin tushib ketganini qayd qilishdi. Ularning fikricha, bu ichdan qon ketish sababli yuz bergan. Rasmni operatsiya qilgani olib ketishdi”, deb eslamoqda jurnalistning otasi Mamadali Aliyev hamda o‘g‘li jarrohlik stolida jon berganini qo‘shimcha qildi.

Jabrlanuvchi shifoxonaga olib ketilgandan keyin unga bu tan jarohatlarini Huseynovning qarindoshlari deb o‘zini tanishtirgan odamlar yetkazganini aytishga ulgura olgan. Futbolchi bu voqeaga aloqasi yo‘qligini aytmoqda.

“Gabala” voqea tergov qilingunga qadar futbolchini mashg‘ulotlardan chetlashtirdi va jurnalistning o‘limi munosabati bilan uning yaqinlariga hamdardlik bildirdi.

Aliyev futbolchini Yevropa Ligasining 3-kvalifikatsion bosqichida Kiprning “Apollon” jamoasiga qarshi uchrashuvda kiprliklarga tegishtirib Turkiya bayrog‘ini ko‘tarib olib yurgani va haqorotomuz qiliqlar qilgani uchun tanqid ostiga olgan edi.

Top