19:58 / 11.08.2015
5513

O‘zbekiston xorijiy investorga “Farg‘onaazot” AJning 48 foiz aksiyasini sotmoqda

O‘zbekiston xorijiy investorga mineral o‘g‘itlar va defoliantlar ishlab chiqarishga ixtisoslashgan “Farg‘onaazot” AJning 48,08 foiz aksiyasini sotmoqda. Korxonaning 51 foiz aksiyasi “O‘zkimyosanoat” DAK ixtiyorida qoladi.

Korxona bergan ma'lumotlarga ko‘ra, ammiak ishlab chiqarish liniyasining yillik quvvati 400 ming tonna, azot kislotasi – 360 ming tonna, ammiak selitrasi – 450 ming tonna, karbamid – 330 ming tonna, xlorat natriy – 6,5 ming tonna, xlorat-magniyli defoliant – 30 ming tonna, sellyuloza diatsetati – 15 ming tonna, sellyuloza triatsetati – 27 ming tonna, atsetat ipi 6,6 ming tonnani tashkil qiladi.

Ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarning 65 foizi Janubiy-sharqiy Osiyo, BAA va MDH davlatlariga eksport qilinadi.

Review.uz portalining ma'lum qilishicha, oxirgi 5 yil ichida korxonaning tovar ko‘rinishidagi mahsuloti hajmi o‘rtacha 9,4 foizga oshdi. Bu davr mobaynida korxonaning daromadlari 2 marta oshdi.

2015 yilda ishlab chiqarish o‘sishi 2014 yilga nisbatan 8,3 foizga oshishi kutilmoqda. Bunda 1,1 mlrd so‘m miqdorida sof daromad olish bilan mahsulotlar savdosidan olinadigan daromadlar 485,9 mlrd so‘mni tashkil kilishi kutilmoqda.

Top