17:29 / 11.08.2015
6214

O‘zbekiston hukumati davlat organlarini tashkil qilish va tugatish bo‘yicha Prezidentga taqdimnoma kiritadi

10 avgust kuni O‘zbekiston prezidenti “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonunchilik aktlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi qonunni imzoladi. Unga ko‘ra, Ma'muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksga, “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi to‘g‘risida”gi, “Prokuratura to‘g‘risida”gi, “Me'yoriy-huquqiy aktlar to‘g‘risida”gi qonunlarga ham ma'lum o‘zgartishlar kiritildi.

Qonun parlamentning quyi palatasi tomonidan 29 iyul kuni qabul qilinib, 6 avgust kuni Senat tomonidan ma'qullandi. 11 avgust kuni qonunning OAVda e'lon qilinishi bilan u kuchga kirdi.

“O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi to‘g‘risida”gi qonunga kiritilgan yangi tartibga ko‘ra, hukumat davlat organlarini yaratish va tugatish huquqiga ega bo‘ldi. Endilikda mahkama O‘zbekiston prezidentiga vazirliklar, davlat qo‘mitalari va davlat boshqaruvining boshqa organlarini shakllantirish yoki tugatish bo‘yicha takliflarni kiritishi mumkin bo‘ladi.

Top