20:10 / 11.08.2015
5925

O‘zbekistonning Buyuk Britaniyaga tayinlangan yangi elchisi Londonga jo‘nab ketdi

2015 yilning 11 avgust kuni ilgari O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vazirining birinchi o‘rinbosari lavozimida ishlagan, O‘zbekiston Respublikasining Buyuk Britaniya va Shimoliy Irlandiya Birlashgan Qirolligidagi Favqulodda va Muxtor Elchisi etib tayinlangan Alisher Kurmanov Toshkentdan Londonga jo‘nab ketdi.

U O‘zbekistonning Buyuk Britaniyadagi elchisi Otabek Akbarov o‘rniga tayinlangan.

Ma'lumot uchun, Alisher Kurmanov 1965 yilda tug‘ilgan. U 1990 yilda ToshDUni (hozirgi O‘zbekiston Milliy Universiteti) tamomlagan. 1994 yilda esa Toshkent Davlat Iqtisodiyot universiteti diplomiga ega bo‘lgan. O‘zbekistonning Londondagi yangi elchisi ingliz tilidan tashqari arab tilini ham puxta egallagan.

Qayd etish joizki, u 2000-2003 yillar davomida ham Londonda O‘zbekiston elchixonasida savdo va iqtisodiy masalalar bo‘yicha maslahatchining birinchi kotibi sifatida ishlagan. 2007 yildan 2013 yilgacha Alisher Kurmanov O‘zbekistonning Singapurdagi elchisi sifatida, 2011-2013 yillar davomida esa Avstraliyadagi elchi sifatida faoliyat ko‘rsatgan. U 2013-2014 yillarda O‘zbekistonning Koreya Respublikasidagi elchisi sifatida xizmat qilgan.

Top