12:12 / 11.08.2015
4093

Samarqandda Nexia ichidan 20 mln so‘m o‘g‘irlab ketildi

Oxirgi kunlarda mashinalar ichida qoldirib ketilgan yirik miqdordagi pullarning o‘g‘irlanishi haqida bir necha bor xabar qilindi. “Na postu” gazetasi Samarqandda sodir bo‘lgan navbatdagi voqea haqida yozdi.

Aytilishicha, Oqdaryo tumanida istiqomat qiluvchi 33 yoshli Oybek ismli shaxs Nexia avtomashinasi ichida 19.8 mln so‘m qoldirib ketgan. Qaytib kelganida esa mashina ochilgani va ichidagi pullar olib ketilganini ko‘rdi.

U tuman IIBga murojaat qildi. O‘tkazilgan tezkor tadbir natijasida jinoyatni sodir etgan 30 yoshli Ulug‘bek ismli shaxs qo‘lga olindi, pul egasiga qaytarildi.
Tergov davom etmoqda.

Top