03:03 / 11.08.2015
9587

Sevara Nazarxon Manzuraga mototsikl sovg‘a qildi

O‘zbekiston estradasining yulduzi Sevara Nazarxon xonanda dugonasi Manzuraga Moto Guzzi v7 mototsiklini sovg‘a qildi. Bu haqda Sayyod.com ma'lum qilmoqda.

Manzura ushbu sovg‘a uchun Nazarxonga minnatdorchilik bildirib, mototsikl minib olgan suratlarini instagramga joylashtirdi.

Ushbu holatni aniqlashtirish maqsadida Sayyod.com muxbiri Manzuraga sim qoqdi.

“Xa sovg‘a qildi, endi uni boshqarish uchun o‘qishga boraman. Kafeda o‘tirib, bolalikni eslab gaplashib o‘tirib bir-birimizga sovg‘a qilishga qaror qildik.  Sevara menga mototsiklni shunchaki sovg‘a qildi... chunki bizga 100 yil!”, deb aytdi Manzura.

Biroq Manzura Sevara Nazarxonga qanday sovg‘a berganini sir tutgan.

Manzura motosiklda

O‘zbek shou-biznesidan "Shahzod" guruhi solisti Rashid Xoliqov mototsikllarga mehri o‘zgachaligi bilan ajralib turadi va uni bo‘sh payti ko‘chada mototsikl minib ketayotganining guvohi bo‘lish mumkin. Endi Manzura ham “temir otni” jilovlab, “chopqillatib” yuradigan ko‘rinadi.

Top