12:59 / 11.08.2015
9259

Toshkent ko‘chalaridagi foto va videokameralar qonunlashtirildi

10 avgust kuni O‘zbekiston prezidenti “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonunchilik aktlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi qonunni imzoladi. Unga ko‘ra, Ma'muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksga, “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi to‘g‘risida”gi, “Prokuratura to‘g‘risida”gi, “Me'yoriy-huquqiy aktlar to‘g‘risida”gi qonunlarga ham ma'lum o‘zgartishlar kiritildi. Bu haqda "Gazeta.uz" xabar bermoqda

Qonun parlamentning quyi palatasi tomonidan 29 iyul kuni qabul qilinib, 6 avgust kuni Senat tomonidan ma'qullandi. 11 avgust kuni qonunning OAVda e'lon qilinishi bilan u kuchga kirdi.

O‘zgartishlardan biri maxsus avtomatlashtirilgan foto va video vositalari yordamida qayd qilingan yo‘l harakati qoidalari buzilishi hollari uchun ma'muriy javobgarlikning joriy qilinishi bo‘ldi. Bu haqdagi o‘zgartish kodeksning 17-1 moddasiga kiritildi.

Agar ushbu vositalarda qayd qilingan YTHda ishtirok etgan avtotransport yuridik shaxsga tegishli bo‘lsa, YTH uchun javobgar deb yuridik shaxsning avtotransporti ekspluatatsiyasiga mas'ul shaxs topiladi.

Top