09:30 / 11.08.2015
4445

Toshkent shahridagi Inha universiteti o‘quv binosi buzib tashlanmaydi

O‘zbekistondagi bir qator internet nashrlarida Toshkent shahridagi Inha universiteti o‘quv binosi buzib tashlanishi to‘g‘risidagi xabarlar tarqalganidan so‘ng universitet ma'muriyati ayni paytda faoliyat olib borayotgan o‘quv binosining buzilmasligi to‘g‘risida xabar qildi.

Eslatib o‘tamiz, joriy yil 5 avgustda Vazirlar Mahkamasining “Toshkent shahridagi Inha Universitetining faoliyatini tashkil etish hamda O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasining Asosiy kutubxonasini moddiy-texnika bazasini mustahkamlashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori qabul qilingan edi.

Mazkur qarorda Toshkent shahri Ziyolilar ko‘chasi 13a manzilidagi qurilishi tugallanmagan binoning buzilishi nazarda tutilgan bo‘lib, Toshkent shahridagi Inha universiteti yangidan barpo etilishi mo‘ljallangan inshoot hisobiga o‘z o‘quv binosini kengaytirishni rejalashtirayotgani ta'kidlab o‘tildi.

Top