17:52 / 11.08.2015
1788

"Tottenhem" Xondani "Milan"dan xarid qilish bo‘yicha taklif tayyorlamoqda

"Milan" jamoasining yaponiyalik yarim himoyachisi Keysuki Xonda o‘z faoliyatini Angliyada davom ettirishi mumkin.

Salciomercato.it nashrida aytilishicha, Londonning "Tottenhem" jamoasi 29 yoshli ushbu futbolchini transfer qilish bo‘yicha taklif tayyorlamoqda.

Ma'lum qilinishicha, "rossonerilar" bosh murabbiyi Sinisha Mixaylovich jamoa hujum chizig‘i yetarli darajada kuchaytirilgani tufayli Xonda bilan xayrlashishga tayyorligini bildirgan.

Ma'lumot uchun, Xonda o‘tgan mavsumda "Milan" bilan 29 o‘yinda maydonga tushgan va 6ta gol hamda 5ta golli pas muallifiga aylangan.

Top