18:57 / 11.08.2015
2586

Xitoyda Alphabet kompaniyasi sayti cheklab qo‘yildi

Xitoyning «Buyuk Xitoy xavfsizlik devori» nomi bilan mashhur «Oltin qalqon» tizimi Alphabet kompaniyasi saytini mamlakat hududida cheklab qo‘ydi. Bu haqda 9to5Google nashri xabar tarqatdi.

Google va uning boshqa loyihalariga egalik qiluvchi Alphabet kompaniyasini Larri Peyj va Sergey Brin tashkil qilgan.

Xitoy hukumati hozirda Google`ni mamlakat hududida taqiqlab qo‘ygan. Shu ma'noda yangi xolding kompaniyasi sayti ham bloklab qo‘yildi.

9to5Google nashri muharrirlari bu ish avtomatik ravishda amalga oshgan bo‘lishi mumkinligini ham ta'kidlashgan. Sababi mazkur sayt ham Google SSL-sertifikati asosida ishlaydi. Bu turdagi sertifikatlar esa avtomatik ravishda blokirovka qilinishi mumkin.

Top