17:37 / 12.08.2015
2370

Alibaba Group 2 yil ichida o‘z aksiyalari muvaffaqiyati uchun 4 mlrd dollar sarflaydi

Xitoydagi yirik Alibaba Group internet-xoldingi yaqin ikki yilda investorlarning Xitoy iqtisodiyotining kelgusidagi taraqqiyotiga shubha bilan qaray boshlagani fonida qiymati tushib ketgan aksiyalarining mustahkamligi uchun 4 mlrd dollar sarflaydi.

Kompaniyaning choraklik hisobotida xabar qilinishicha, ushbu qaror aksiyadorlar yig‘ilishi vaqtida qabul qilingan.

Eslatib o‘tamiz, o‘tgan yilning noyabr oyidan boshlab Xitoy bozorining rivojlanish sur'ati pasaygani hamda tashqi investorlarning ishonchsizligi kabi omillar tufayli kompaniyaning bozor qiymati 100 mlrd dollarga kamaydi.

Top