09:50 / 12.08.2015
8110

AQSh Rossiya va Xitoyning yangi kosmik dasturidan xavotirda

Rossiya va Xitoy tomonidan ishlab chiqilayotgan fazoni o‘zlashtirish strategiyasi AQShning jiddiy tashvishiga sabab bo‘lmoqda. Scientific American nashrining yozishicha, shu bois AQSh o‘zining Yer orbitasidagi ishtirokini kengaytirmoqda.

Ta'kidlanishicha, ushbu davlatlarning fazodagi raqobati qurollanish poygasiga aylanib ketishi mumkin.
“Sayyoramiz atrofida 1 300 sun'iy yo‘ldosh aylanmoqda, ular global yo‘ldosh aloqasini, GPS navigatsiyasini, metereologik ma'lumotlarni ta'minlab bermoqda. Ushbu yo‘ldoshlardan olinayotgan ma'lumotlar zamonaviy urushlarni olib borishda muhim o‘rin tutadi, shu bois fazo kurashning eng yuqori nuqtasiga aylanmoqda”, – deyiladi materialda.

Ta'kidlanishicha, AQSh hanuzgacha o‘zini fazo hukmdori deb hisoblaydi. Ammo Rossiya va Xitoyning xatti-harakatlari AQShning fazodagi birinchiligini shubha ostiga qo‘ymoqda.
Muallifning fikricha, fazodagi ixtilof sayyoraning butun kosmik infrastrukturasini ishdan chiqarishi mumkin. Shu bilan birga, u fazoviy yo‘ldoshlarga qarshi kurashish usullarini ko‘rsatib o‘tdi – optik qurilmalarga bo‘yoq tekizish yo‘li bilan ishdan chiqarish yoki kosmik chiqindilar bilan to‘qnashuv.

Top