20:57 / 12.08.2015
6045

Avstraliyalik professor qo‘lida internet uchun sun'iy quloq o‘stirdi

O‘zining bio-texnik tajribalari bilan taniqli bo‘lgan, Avstraliyadagi Kertin universiteti professori va rassom, Stelark taxallusiga ega Setilos Arkadiu o‘zining chap qo‘lida internet-auditoriya uchun sun'iy quloq o‘stirdi, deb xabar bermoqda abc.net.au portali.

Quloq Wi-Fi orqali internetga ulangan bo‘lib, uning egasi Wi-Fi ta'sir qilish doirasida bo‘lgan paytda mikrofondan olinadigan ma'lumotlar muntazam internetga uzatiladi. Quloqning joylashgan o‘rnini GPS orqali aniqlash mumkin. Bu imkoniyati cheklangan odamlarga professor Stelark eshitayotgan barcha narsani eshitish imkonini beradi.

Rassomga o‘z tanasida sun'iy quloq o‘stirish g‘oyasi 1996 yilda kelgan, lekin unga sun'iy quloqni teri ostiga joylashtirishga rozi bo‘ladigan shikoforlarni topishga 10 yil kerak bo‘ldi.

Quloqni joylashtirish operatsiyasi mahalliy narkoz ostida og‘riqsiz amalga oshirildi. Jarroh avstraliyalikning terisi ostiga quloq ko‘rinishidagi biopolimer karsakni joylashtirdi. Sun'iy quloq to‘qimalar va qon tomirlari bilan qoplanishga ulgurdi, biroq qon zaharlanishi xavfi tufayli u olib tashlandi.

 

Top