17:58 / 12.08.2015
2404

Ayollar gandboli bo‘yicha O‘zbekiston yoshlar terma jamoasi JCh yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi

Qozog‘istonning Olma-ota shahrida davom etayotgan gandbol bo‘yicha yoshlar (U-20) o‘rtasidagi 13-Osiyo chempionatida ishtirok etayotgan O‘zbekiston yoshlar terma jamoasi muddatidan avval jahon chempionati yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi. Bu haqda olamsport.com nashri xabar bergan.

O‘zbekiston termasi Osiyo qit'asining yetakchi jamoalari – Janubiy Koreyaga 19:51, Xitoyga 31:35, Qozog‘istonga 30:41 hisobida imkoniyatni boy bergan bo‘lsada, jahon chempionati chiptasiga ega bo‘ldi.
Rossiyada o‘tkaziladigan jahon chempionati yo‘llanmasi qit'a chempionatida kuchli beshlikdan joy olgan terma jamoalarga taqdim etiladi.

Top