8395.15 USD -6.38

9510.03 EUR -113.08

127.67 RUB -0.68

10869.2 GBP -122.52

06:56 / 12.08.2015 11572

Dushanbe, Ostona va Ashxoboddagi prezident saroylari dunyodagi eng yaxshi prezident qarorgohlari o‘ntaligiga kiritildi

Tojikiston, Qozog‘iston, Rossiya va Turkmaniston prezidentlarining qarorgohlari prezidentlar uchun rasmiy qarorgoh sifatida xizmat qiluvchi dunyodagi eng yaxshi prezident qarorgohlari o‘ntaligiga kiritildi, deb xabar bermoqda 12news.uz portali.  

Theestle.net ma'lumotlariga ko‘ra, ushbu reytingda AQSh prezidentining Vashingtondagi qarorgohi – Oq uy yetakchilik qilmoqda. Yuqori uchtalikdan Tojikiston prezidentining Dushanbedagi Millatlar saroyi va Qozog‘iston prezidentining Ostonadagi “Oqo‘rda” saroyi ham o‘rin oldi.

So‘ngra ro‘yxatda Dubaydagi BAA rahbari qarorgohi, Pragadagi “Prajskiy grad” qo‘rg‘oni, Moskvadagi Katta Kreml saroyi, Ashxoboddagi “Og‘uzxon” saroy majmuasi (Turkmaniston), Yaundedagi (Kamerun) prezident saroyi, Taybeydagi prezident saroyi (Xitoy Taypeyi) va Akkradagi (Gana) prezident saroyi kelmoqda.

    Tojikiston prezidentining Dushanbedagi Millatlar saroyi

Qozog‘iston prezidentining Ostonadagi “Oqo‘rda” saroyi

Moskvadagi Katta Kreml saroyi

Ashxoboddagi “Og‘uzxon” saroy majmuasi

Teglar

Top