00:25 / 12.08.2015
2045

Iroq parlamenti bosh vazir tomonidan taklif qilingan islohotlarga ovoz berdi

Iroq vakillar kengashi (parlament) 11 avgust kuni bir ovozdan 9 avgust kuni mamlakat bosh vaziri Haydar al-Obodiy taqdim qilgan islohotlarning amalga oshirilishiga ovoz berdi. Deputatlar mamlakat bosh vazirini qo‘llab-quvvatladilar. Obodiy vitse-prezidentlar va bosh vazir o‘rinbosarlari lavozimlarini qisqartirish, korrupsiya bo‘yicha ishlarning tergov qilinishini qayta boshlash va davlat amallarini diniy va partiya tamoyili bo‘yicha taqsimlanishini qisqartirishga buyruq berdi.   

Al Sumaria telekanali ma'lumotlariga ko‘ra, ushbu munosabat bilan o‘tkazilgan yig‘ilishda 297 nafar deputat  ishtirok etdi. Islohotlar paketining qabul qilinishiga nafaqat parlament, balki Vazirlar kengashining ma'qullovi talab qilingan edi. Bu ma'qullov 9 avgustda olingan.   

Top