08:48 / 12.08.2015
2640

Janubiy Koreya O‘zbekiston maktablarida “aqlli” sinfxonalar yaratishga yordam beradi

O‘zbekiston va Koreya xalq ta'lim vazirliklari 29 iyul kuni maktab sinflarida intellektual raqamli apparatlar bilan jihozlangan boshqaruv tizimlari yaratish bo‘yicha shartnoma imzolashdi. Bu haqda Review.uz sayti xabar bermoqda.
“Aqlli” sinfxonalar loyihasi Koreya ta'lim vazirligining rivojlanish ko‘magi dasturining bir qismidir. 2011-2014 yillarda bu loyiha 9 mamlakatda, shu jumladan, Bruney, Kolumbiya, Indoneziya, Mo‘g‘uliston, Filippin, Kamboja, Ozarbayjon, Shri-Lanka va Paragvayda joriy qilindi. Joriy yilning 22 iyul kuni bunday shartnoma Vetnam bilan imzolandi.
Loyiha doirasida Koreya oq elektron yozuv taxtalari, noutbuklar uchun tagliklar singari o‘quv qurollarini taqdim etadi. Materiallar har bir mamlakatning ta'lim tizimini e'tiborga olgan holda turlicha bo‘lishi mumkin. Dasturni qo‘llab-quvvatlash uchun ekspertlar yuboriladi, ular bunday sinfxonalardan foydalanish borasida ma'ruzalar o‘tishadi.

Top