17:03 / 12.08.2015
4860

Jizzax shahrida "Ural" rusumli velosiped o‘g‘risi qo‘lga olindi

Jizzax shahar IIBga Qadriyat ko‘chasida yashovchi 42 yoshli ayol ariza bilan murojaat qilib, noma'lum shaxs uning uyiga kirib, hovlisidan "Ural" rusumli velosipedini o‘g‘irlab ketganini ma'lum qilgan. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi IIV Matbuot xizmati xabar berdi.

Ichki ishlar xodimlari tomonidan jabrlanuvchi va guvohlar bilan tezkor-surishtiruv ishlari olib borildi.

Amalga oshirilgan tadbirlar natijasida mazkur o‘g‘irlikni shu tumanda yashovchi 34 yoshli yigit sodir etganligi aniqlandi va u qo‘lga olindi.

Mazkur holat bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Top