09:48 / 12.08.2015
3105

Jurnalist o‘limiga sababchi bo‘lgan ozarboyjonlik futbolchi 12 yilga qamalishi mumkin

Ozarboyjon terma jamoasi yarimhimoyachisi Javid Guseynov mamlakat huquqni muhofaza qilish organlari tomonidan qo‘lga olindi. Bu haqda Azerifootball.com internet nashri xabar tarqatdi.

Oldinroq, futbolchini tanqid qilgani uchun jurnalist Rasim Aliyev do‘pposlangani va og‘ir jarohat olishi natijasida vafot etgani haqida xabar berib o‘tgandik.

Guseynov aynan mana shu qotillikka aloqadorlikda gumon qilinmoqda. Manbaning yozishicha, yig‘ilgan faktlar bo‘yicha tergov qilingan. Agar uning aybi isbotlangan taqdirda futbolchi 8 yildan 12 yilgacha ozodlikdan mahrum etilishi mumkin.

Xabarda qayd qilinishicha, «G‘abala» klubining sobiq sardori uch oylik vaqtinchalik qamoq jazosi yuklatilgan. Uning amakivachchasi Elshan Ismailov esa asosiy shubhadagi shaxs sifatida hibsga olingan.

Top