06:25 / 12.08.2015
3360

Muslim Xuchiyev Grozniy shahri meri etib tayinlandi

Checheniston poytaxti – Grozniy shahri kengashi bir ovozdan Muslim Xuchiyevni Grozniy shahri meri etib sayladi. Ushbu lavozimga Grozniy meriyasi tadbirkorlikni rivojlantirish, transport va reklama departamenti boshlig‘i Sulton Malsagov ham da'vogarlik qilayotgan edi.

Grozniyning avvalgi meri Islom Qodirov 7 iyulda Checheniston rahbari Ramzon Qodirov va hukumat ma'muriyati rahbari lavozimiga o‘tkazilgan edi.

Muslim Xuchiyev 13 iyuldan Grozniy meri lavozimini vaqtinchalik bajarib kelayotgan edi. Xuchiyev avval Checheniston iqtisodiy, hududiy rivojlanish va savdo vaziri lavozimini egallab kelgan.

Shu munosabat bilan Ramzon Qodirov Xuchiyevni ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida muborakbod etdi.

Top