14:28 / 12.08.2015
2445

Namanganlik ayol 6 kishini Qozog‘istonga olib borib, noqonuniy ishlatganlikda ayblandi

Namanganlik ayol 6 kishini Qozog‘istonga olib borib, noqonuniy ishlatganlikda ayblandi. Bu haqda “Huquq” nashri yozmoqda.
Aytilishicha, Nigora Mamatova ismli ayol bir necha yillardan buyon chet elga odamlarni noqonuniy olib chiqish bilan shug‘ullangan. Xorijda u odamlarni mahalliy “tijoratchi”larga topshirib, buning evaziga pul olgan.
Bu safar u olti kishini Qozog‘istonga olib chiqdi. Dugonasi Xolida, uning eri Sodiq va qayin ukasi Sardor, shuningdek, Dildora, Latif va Murod ismli shaxslar u bilan birga Qozog‘istonga borishdi. Mamatova ular issiqxonada ishlashini va oyiga 500 dollar maosh olishlarini aytdi. Ammo issiqxona egasidan o‘z haqini olib, ketib qoldi.
Oltovlon bir necha oy mobaynida issiqxonada og‘ir sharoitda ishlab, buning evaziga hech qanday pul ololmadi. Bir amallab Namanganga qaytib kelgan muhojirlar Mamatova ustidan tegishli idoralarga arz qilishdi. Sud uning ishini ko‘rib chiqib, tegishli jazoni tayinladi.

Top