16:33 / 12.08.2015
3217

Navoiyda "Mersedes-Bents"dan katta miqdordagi pullarni o‘g‘irlagan avtobus yukchisi qo‘lga olindi

Navoiy viloyati Karmana tumani IIBga "Toshvilavtopark" MChJ haydovchisi ariza bilan murojaat qilib, noma'lum shaxs Talqoq mahallasida joylashgan "Mo‘'jiza" choyxonasi oldida qarovsiz qoldirilgan "Mersedes-Bents" rusumli avtobusidan ko‘p miqdordagi pullarini o‘g‘irlab ketganini ma'lum qilgan.

Ichki ishlar xodimlari tomonidan jabrlanuvchi va guvohlar bilan tezkor-surishtiruv ishlari olib borildi.

Amalga oshirilgan tadbirlar natijasida mazkur o‘g‘irlikni shu avtobus yukchisi bo‘lib ishlagan 29 yoshli fuqaro avtobus eshigi qulfini ochib kirish yo‘li bilan sodir etganligi aniqlandi va u qo‘lga olindi.

Mazkur holat bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Top