11:40 / 12.08.2015
4981

O‘zbekistonda 31 ming kishi jinoiy javobgarlikdan ozod qilindi

O‘zbekiston jinoiy va jinoiy-protsessual qonunchiligida yarashuv instituti joriy qilindi. U shu paytgacha 169 ming shaxsga nisbatan qo‘zg‘atilgan ishlarni to‘xtatish imkoniyatini berdi. Bugun ushbu yangilik 60 xil jinoyat tarkibiga nisbatan qo‘llanadi.
Bu haqda Oliy sud matbuot kotibi Aziz Obidov bayonot berdi.
Uning so‘zlariga qaraganda, bugungi kunda O‘zbekistonda ozodlikdan mahrum qilish bilan bog‘liq bo‘lmagan jazo choralarini qo‘llash amaliyoti kengayib bormoqda.
“2000 yillarda aybdor deb topilganlarning 47.2 foiziga nisbatan ozodlikdan mahrum qilish tarzidagi jazo qo‘llangan bo‘lsa, o‘tgan yil yakunlariga ko‘ra bu ko‘rsatkich 30.7 foizni tashkil qildi. Ozodlikdan mahrum qilish jazosining o‘rniga jarimalar qo‘llash amaliyoti kengaymoqda. Qonunchilikning liberallashuvi munosabati bilan yetkazilgan 768 mlrd so‘mlik moddiy zararni o‘z ixtiyori bilan qoplab bergan 31 mingdan ortiq sudlanuvchi javobgarlikdan ozod qilindi”, – ta'kidladi Obidov.

Top