8208.04 USD +26.96

9490.14 EUR +63.08

123.85 RUB +1.12

10796.9 GBP +61.65

12:57 / 12.08.2015 2576

O'zbekistonga Inha universiteti delegatsiyasi tashrif buyurdi

11 avgust kuni «Korean Air» aviakompaniyasining kechki reysida Inxa universiteti prezidenti Sunya Choy xonim rahbarligidagi universitet delegatsiyasi Toshkentga tashrif buyurdi. Uch kun davomida mehmonlarni uchrashuvlar va muzokaralardan iborat tig'iz jadval kutmoqda. Bu haqda telegraf.uz xabar bergan.

Xususan, bugun 12 avgust kuni Janubiy Koreya delegatsiyasi Toshkentdagi universitet filialiga boradi va u yerda yaratilgan sharoitlar bilan tanishib, o'quv muassasaning rahbariyati, o'qituvchilari va birinchi kurs talabalari bilan uchrashadi. Uchrashuvda kelgusidagi hamkorlikka oid hujjatlar imzolanib, yuqori ballarga ega talabalarga grant sertifikatlari topshiriladi.

Shu bilanb birga, bugungi kun tartibiga Toshkent axborot texnologiyalar universitetiga tashrif, O'zbekiston tashqi iqtisodiy faoliyat milliy bankining kottejlarida koreyalik professorlarning yashash sharoiti bilan tanishish ham kiritilgan.

13 avgust kuni delegatsiya a`zolari Toshkentdagi Inxa universitetida ishlarini davom ettirib, kunning ikkinchi yarmida axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri Xurshid Mirzohidov bilan uchrashadilar. Shuningdek, mehmonlar Alisher Navoiy nomli Milliy kutubxonaga ham tashrif buyurishni rejalashtirgan.

14 avgust kuni Aloqa tarixi muzeyida o'tkazilgan uchrashuvlarning yakunlari bo'yicha tashkil etiladigan matbuot anjumanida Toshkentdagi Inxa unviyersitetining joriy faoliyati va istiqbolli rejalari haqida so'zlanadi. Ketishdan avval delegatsiya shuningdek, O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga ham tashrif buyuri, Bosh vazirning birinchi o'rinbosari Rustam Azimov bilan uchrashadi.

Qayd etish kerakki, Toshkentdagi Inxa universiteti 2014 yil oktabr oyida ochilgan. Mutaxassislarning o'qitish va tayyorlashning asosiy yo'nalishlari kompyuter injiniringi, dasturiy injiniring va kompyuter tarmoqlari injiniringi hisoblanadi. Talabalar Janubiy Koreyadagi o'quv rejalari va dasturlariga muvofiq kunduzgi shaklda ingliz tilida o'qitiladi. Universitet bitiruvchilari O'zbekistonda ham tan olinadigan Janubiy Koreya namunasidagi diplomga ega bo'ladilar.

Shu yilning 5 avgust kuni O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi «Toshkent shahridagi Inxa universiteti faoliyatini tashkil etish va O'zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Fundamental kutubxonasining moddiy-texnik bazasini mustahkamlash bo'yicha qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida»gi qarorni qabul qildi. Ta`lim muassasasi o'quv korpusini kengaytirishi munosabati bilan joriy korpus yonida yangi bino quriladi.

Teglar

Top