11:04 / 12.08.2015
2876

«Proton-M» avariyasi bo‘yicha jinoiy ish qo‘zg‘atildi

2015 yilning may oyida sodir bo‘lgan «Proton-M» raketa-tashuvchisi bilan bog‘liq hodisa uchun jinoiy ish qo‘zg‘atildi, deya xabar qildi Rossiya Federatsiyasi Bosh prokuraturasi.

16 may kuni yuzaga kelgan avariya sababli Meksikaning MexSat-1 sun'iy yo‘ldoshi yo‘qotilgan edi.

Nazorat organining ma'lum qilishicha, jinoiy ish yuzasidan tergov ishlari Bosh prokuratura nazorat ostida o‘tkazilmoqda. Ushbu ish Rossiya Federatsiyasi Jinoyat kodeksining 216- modda 1- qismi (Tog‘, qurilish va boshqa ishlar chog‘ida xavfsizlik qoidalarining buzilishi) bo‘yicha qo‘zg‘atilgan.

Bundan avvalroq esa «Proton-M» avariyasiga uchish vaqtida raketaning uchinchi darajali dvigateli rul qismining ishlamay qolgani sabab bo‘lgani xabar qilingan edi. Voronej mexanika zavodida ishlab chiqarilgan mazkur ehtiyot qismida esa uchinchi darajali turbonasos agregati rotorining valida konstruktiv nosozlik mavjud bo‘lgani, natijada tebranma zo‘riqish ortib ketib, fojyeaga olib kelgani aniqlangan. Ayni shu nosozlik tufayli raketaning bosh qismi uchinchi bo‘lakdan ajralib keta olmagan.

Top