11:32 / 12.08.2015
2927

Qozog‘iston va Qirg‘iziston o‘rtasidagi bojxona tartibi bekor qilindi

Qozog‘iston va Qirg‘iziston o‘rtasidagi bojxona punktlari Qirg‘izistonning Yevrosiyo iqtisodiy ittifoqiga a'zo bo‘lishi bilan ishdan to‘xtadi. Chegaralarning ochilishi haqidagi farmon davlat rahbarlari tomonidan teleko‘prik paytida berildi. Ochilish marosimida bevosita Qirg‘iziston bosh vaziri Temir Sariyev va Qozog‘iston bosh vazirining o‘rinbosari Baqitjon Sagintayev ishtirok etishdi.
“Qirg‘izistonning YeIIga a'zo bo‘lishi muhim hodisadir. Bojxona chegaralarining ochilishi ikki tomonlama biznesni rivojlantirishda qo‘l keladi. Biz ijobiy natijalarni ko‘ramiz, – dedi Qozog‘iston prezidenti Nursulton Nazarboyev. – Hozir inqiroz davom etmoqda. Bu savdo ko‘rsatkichlarini yomonlashtirmoqda. Ammo istiqbolda ittifoq mamlakatlarimiz farovonligining oshishiga olib keladi”.

Top