17:05 / 12.08.2015
3274

Rossiya TIV vakili Lavrovning matbuot anjumani chog‘idagi haqoratomuz so‘zini eshitmaganini ma'lum qildi

Rossiya Tashqi ishlar vazirligida Saudiya Arabistoni Tashqi ishlar vaziri ishtirokida bo‘lib o‘tayotgan matbuot anjumani chog‘ida Sergey Lavrovning haqorotlovchi so‘zni qo‘llamagani ma'lum qilindi, deya xabar berdi «Govorit Moskva».

Bundan avvalroq esa ommaviy axborot vositalarida Lavrovning mikrofon orqali “esi pastlar” degan so‘zni aytib yuborgani to‘g‘risidagi xabar paydo bo‘lgan edi.

“Men mazkur matbuot anjumanida edim va bunday so‘zni eshitganim yo‘q. Men eshitmagan so‘zim uchun izoh bera olmayman”, singari so‘zlarni aytib o‘tgan TIV vakili Mariya Zaxarova.

Zaxarova so‘zlariga qaraganda, matbuot anjumanidagi barcha jarayonlar stenogramma ko‘rinishida e'lon qilingan. Shuningdek, u Lavrov va Saudiya Arabistoni Tashqi ishlar vaziri Odil al-Jubayr o‘rtasidagi uchrashuv to‘liq ijobiy ruhda bo‘lib o‘tgan.

Top