16:28 / 12.08.2015
2600

Rossiyalik riteylerga mahsulot ishlab chiqarish taqiqlanishi mumkin

Rossiya Davlat dumasining Iqtisodiy siyosat, innovatsion taraqqiyot va xususiy mulkchilik bo‘yicha qo‘mitasi rahbar o‘rinbosari Viktor Zvagelskiy savdo tarmoqlari mahsulotlar ishlab chiqarish bilan shug‘ullanmasligi lozim, degan fikrni ilgari surmoqda. Bu haqda RIA Novosti ma'lum qildi.

“Har kim o‘z ishi bilan shug‘ullanishi kerak. Riteylerlar ishlab chiqarish emas, sotish bilan shug‘ullanishi lozim. Agar siz o‘z savdo belgingiz ostida faoliyat ko‘rsatmoqchi bo‘lsangiz, ishlab chiqarishni boshqalar qo‘liga topshiring. Shundagina sifat kafolatlanadi”, deydi u.

Deputatning fikricha, riteylerlarni sifatli mahsulot ishlab chiqarish qiziqtirmaydi. Ular hech qachon yaxshi narsa chiqara olmaydi, ayniqsa, tez ayniydigan mahsulotlar bo‘lsa.

Top