11:11 / 12.08.2015
4202

Samarqandlik firibgar 6 kishini aldab, 56 mln so‘m va 18 400 dollarni o‘zlashtirdi

Samarqandlik 30 yoshli Muhammad Yusufjonov 6 kishi aldab, ularning pullarini o‘zlashtirgani uchun sud qilindi. Bu haqda “Ogoh” gazetasi yozmoqda.
Yusufjon o‘z “o‘lja”larini turli bahonalar bilan laqillatgan. Ayrimlarga farzandlarini oliygohga kiritib qo‘yishni, boshqalarga mashina olib berishni va'da qilgan. Toshkentlik Maqsudjon Alyorovga esa Chilonzordan uy olib berishiga ishontirib, uning 56 mln so‘m pulini olgan va qaytib u bilan ko‘rishmagan.
Aldanganlar to‘planib, firibgarning ustidan arz qilishgach, u qo‘lga olinib, sudga topshirildi. Uning jabrlanuvchilarga yetkazgan zarari 56 mln so‘m va 18 400 dollarni tashkil qilgani aniqlandi.

Top