17:09 / 12.08.2015
3086

Shvetsiya qirg‘oqlari yaqinida suv ostida 500 yil yaxshi saqlangan yog‘och mahluq boshi topildi

Shvetsiyaning Ronnebi shahri yaqinida 500 yillar muqaddam cho‘kib ketgan daniyaliklar kemasining tumshuq qismini bezab turgan yog‘och mahluq boshi topildi, deya xabar tarqatdi The Local nashri.

Afsonaviy mahluq boshi ko‘rinishidagi topilma yog‘ochdan ishlangan bo‘lib, og‘irligi 300 kilogrammdan ziyodroq. Yog‘och topilma iyun oyida aniqlangan bo‘lsa ham, uni endigina suv yuzasida ko‘tarib chiqarishning uddasidan chiqildi.

Mutaxassislarning tasdiqlashicha, Daniya hududini 1481–1513 yillarda boshqargan qirol Xans davrida «Gribxunden» deb nomlangan daniyaliklar kemalarining tumshuq qismini jonivorlar boshi bilan bezash an'anasi mavjud bo‘lgan. Kema esa bortida kelib chiqqan tasodifiy yong‘in tufayli cho‘kib ketgan. Yog‘och bosh suv ostida 500 yildan ziyod vaqt turgan bo‘lsa ham, unga hech qanday ziyon yetmagan.

Topilmadagi ortiqcha tuz qatlamlari olib tashlangach, bosh Bleking provinsiyasi muzeyiga taqdim etiladi.

Top