21:23 / 12.08.2015
6430

Toshkentda davlat 100 mln so‘m soliq yashirgan MChJ rahbari qo‘lga olindi

Toshkentda davlat 100 mln so‘m soliq yashirgan MChJ rahbari qo‘lga olindi. Bu haqda “Huquq” nashri yozmoqda.
Astera Mega Stroy va Astoria Group MChJlari rahbari bo‘lgan Olimjon Hayotov joriy yilning mart oyida 55 mln so‘mlik, keyinroq esa 81 mln so‘mlik mahsulotlarni naqd pulga sotib yuborgan. Soliqlarni to‘lamaslik uchun u hujjatlarni yo‘q qilib yuborgan yoki amalga oshirilgan ishlarni hujjatda aks ettirmagan.
Tekshiruv natijasida ma'lum bo‘lishicha, 2014-2015 yillardagi faoliyati davomida uning rahbarligidagi ikki korxona davlatga to‘lanishi kerak bo‘lgan 99.615 mln so‘m soliqlarni yashirgan.
Ushbu holatlar yuzasidan tergov olib borilmoqda.

Top