11:19 / 12.08.2015
3025

Toshkentda mebel sexi ishchisi mijozning 3 mln so‘m pulini olib qochib ketdi

Toshkentdagi mebel sexlaridan birining ishchisi, 1981 yil tug‘ilgan G‘iyosiddin Abdug‘aniyev mijozning 3 mln so‘m pulini olib, bu pullarni o‘z ehtiyojlariga sarflab yubordi va yashirinish yo‘li bilan undan “qutulish”ga harakat qildi. Ammo, “Ogoh” nashrining yozishicha, mijoz o‘z vaqtida IIBga murojaat qilib, firibgarni topib olgan.
Abdug‘aniyev 1954 yili tug‘ilgan Sanjar Ismatillayevning uyiga buyurtma bo‘yicha kelib, kerakli o‘lchov ishlarini olib borgan va buyurtma narxi 3.87 mln so‘mni tashkil qilishini aytgan. U mijozdan 2.8 mln so‘m olib ketgan. Oradan bir necha kun o‘tgach, Abdug‘aniyev qaytib kelib, “qo‘shimcha” xarajatlar uchun yana 250 ming so‘m olib ketgan. Shu bilan u Ismatillayevning qo‘ng‘iroqlariga javob bermay qo‘ygan.
Sud davomida Abdug‘aniyevning shu yo‘l bilan yana bir qancha mijozlarni aldagani aniqlandi.

Top