07:57 / 12.08.2015
2779

Turkiya “IShID” bilan kurashish uchun AQShga o‘z obektlariga kirishni kengaytirdi

Vashington Anqara bilan Suriya shimolida Turkiya chegarasi bo‘ylab xavfsizlik hududiga asos solish haqida kelishmagan, deb aytdi 11 avgustda matbuot anjumanida AQSh Davlat departamentining rasmiy vakili Mark Toner.

“Anglashimizcha, Turkiya “IShID”ga qarshi havo operatsiyalarini ko‘paytirish uchun AQShga turk obektlariga kirishni kengaytirdi. Bizlar xavfsizlik hududi haqida gaplashmaganimizni aniq aytamiz”, deb aytdi Toner va muzokaralar paytida gap “IShID”ga qarshi kurashish haqida ketganini qo‘shimcha qildi.

11 avgustda Turkiya tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Feridun Sinirlio‘g‘lu, aksincha, Anqara va Vashington Suriya shimolida xavfsizlik hududi yaratish haqida kelishib olganini ma'lum qilgan edi.

“Agar Kurdiston ishchi partiyasi yoki “IShID” bu hududga kirsa, Turkiya va AQSh ularga qarshi zarba beradi”, deb aytgan edi Sinirlio‘g‘lu. 100 km uzunlikka va 45 km kenglikka ega bu hududni yerda Ozod Suriya armiyasi bo‘linmalari nazorat qilishi aytilgan edi.

Top