22:00 / 12.08.2015
2908

Turkiyaning janubi-sharqida granata portlashi oqibatida 3 kishi halok bo‘ldi

Turkiyaning janubi-sharqidagi Diyorbakir shahri yaqinida Kurdiston ishchi partiyasi jangarilari harbiy qism oldidagi avanpostga hujum qilishdi, deb xabar bermoqda Reuters axborot agentligi.

Avanpost oldida granata portlashi oqibatida bir nafar turk harbiysi va ikki nafar jangari halok bo‘ldi.

Yana kamida 4 nafar harbiy va bir nafar xavfsizlik xizmati xodimi jarohat oldi.

Top