8389.97 USD +11.93

9491.57 EUR +3.44

129.72 RUB +0.63

11082.3 GBP -51.27

17:22 / 12.08.2015 2671

Venesuela Rossiya va OPeKni neft narxining tushishini to‘xtatishga chaqirmoqda

Iqtisodiy qiyinchiliklarga uchragan Venesuela neft eksport qiluvchi mamlakatlar tashkiloti – OPeKning navbatdan tashqari majlisini to‘plamoqchi. Unda neft narxining tushishiga qarshi choralarni ishlab chiqish ko‘zda tutilmoqda. Shuningdek, prezident Nikolas Maduroning aytishicha, u neft narxini tashkilotga kirmaydigan Rossiya bilan birga muvofiqlashtirib borishga chaqirmoqda.

“Biz yaqin kunlarda OPeKning navbatdan tashqari majlisini to‘plamoqchimiz... Biz OPeK davlatlari hukumatlari bilan aloqada bo‘lib turibmiz”, – dedi bir necha soat davom etgan u kechki televizion murojaatida.
“Shuningdek, biz Rossiya Federatsiyasi, prezident Vladimir Putin ko‘magida neft narxini muvofiqlashtirishga erishib, neft bozorini himoya qilishdagi xatti-harakatlarni amalga oshirishga umid qilmoqdamiz”, – qo‘shimcha qildi Maduro.

Kartelning Venesuela va Jazoir singari a'zolari neft narxining tushishidan xavotir olib, OPeK davlatlaridan neft qazib olish hajmini kamaytirishni talab qilayotgan bir paytda Fors ko‘rfazi davlatlari navbatdan tashqari majlis o‘tkazish taklifini rad qilmoqda va neft qazib olish hajmini qisqartirishni rejalashtirmayapti.
OPeKning navbatdagi majlisi shu yilning dekabrida o‘tkaziladi.

Teglar

Top