8378.04 USD +3.94

9488.13 EUR +77.32

129.09 RUB +2.91

11133.6 GBP +234.69

16:47 / 13.08.2015 4738

13 avgust kuni butun dunyoda Chapaqaylar kuni nishonlandi

Bugun, dunyodagi ko‘plab mamlakatlarning OVAlarida "13 avgust - Chapaqaylar kuni" nomi ostida materiallar chop etildi.

Xususan, Hindistondagi The Times Of India nashrida chapaqaylar to‘g‘risida turli ma'lumotlar berildi, Buyuk Britaniyadagi Metro nashrida esa chapaqaylar hayotidan lavhalar keltirildi.

International Business Times nashri esa o‘z o‘quvchilari orasida shunday alohidalikka ega bo‘lgan kishilarni "Chapaqaylar kuni" bilan tabrikladi. Gazetada mashhur kinoyulduzlar Anjyelina Joli, Tom Kruz, Robert De Niro, Nikol Kidman, Juliya Roberts va Skarlett Yoxansson nomlari sanab o‘tildi.

IBT nashri Pol Makkartni, Jimi Xendriks, Ledi Gaga, Kurt Kobeyn, Pol Saymon, Billi Korgan va Jastin Biber kabi musiqa olami vakillari ham chapaqaylar toifasidan ekanini keltirib o‘tgan.

O‘z navbatida O‘zbekistonda faoliyat ko‘rsatadigan TIB.UZ nashrida ham bu kun munosabati bilan katta maqola nashr qilindi.

Bilasizmi, dunyo aholisining 10 foizi yoki har yetti insonning birini umumiy jihat bog‘lab turadi. Buni ayrim mutaxassislar bolalikdagi noto‘g‘ri tarbiya oqibati deya ta'kidlashsa, ba'zi olimlar uni nasldan naslga meros bo‘lib o‘tuvchi fenomen sifatida baholashadi. Yana bir guruh olimlar esa unga insoniyat tamaddunining qaysidir bosqichida tashqi omillar natijasi o‘laroq ro‘y bergan tasodifiy mutatsiya mahsuli deb qarashadi.

Sarlavhadanoq anglagansiz, gap chapaqaylik ustida ketmoqda. Ilmiy jihatdan, shaxsiy yumushlarni asosan chap qo‘lda bajaruvchilar chapaqay deb ataladi. Biroq chap qo‘lda yozish‑chizish ishlarini olib borish chapaqaylikni aniqlovchi asosiy mezon bo‘la olmaydi. Chunki, oramizda o‘ng qo‘lda yozib, o‘ng qo‘lda ovqatlanuvchi chapaqaylar ham yo‘q emas. Shuningdek, o‘zgalardan farqli ravishda, o‘ng ko‘z, o‘ng qulog‘i yoki o‘ng oyog‘i yetakchi hisoblangan chapaqaylar ham yo‘q emas.

Statistik ma'lumotlarga qaraganda, bugungi kunda sayyoramizda 500 million nafarga yaqin chapaqay istiqomat qilmoqda. Qizig‘i shundaki, ularning aksariyati erkaklardan iborat. Bu holat bir tuxumhujayrali (monogizot) egizaklar, epilepsiya, Daun sindromi, autizm, disleksiya va aqliy rivojlanishdan ortda qolgan kishilar orasida ham ko‘pchilikni tashkil etishi aniqlangan. Jumladan, monogizot egizaklarning 76 foizida qisman irsiy, qisman ekologik omillarga ko‘ra chapaqaylik kuzatiladi.

Sharqiy Yevropa, Janubiy va Janubi Sharqiy Osiyo hamda Avstraliyada chapaqaylar boshqa mintaqalarga qaraganda ko‘proq uchraydi.

Manbalarda keltirilishicha, bola 4 yoshga kirgunga qadar uning chapaqayligini bilish mumkin. 6-7 yoshga kelib bosh miya to‘liq shakllanib ulguradi va bu haqda aniq aytish imkoni tug‘iladi. Ayrim bolalarda esa chapaqaylik dastlab yashirin tarzda kechib, ular har ikkala qo‘lidan birdek foydalana oladilar. Bu hol ilmiy tilda ambidekstriya deb ataladi. O‘tkazilgan tadqiqotlarda ayni paytda dunyo miqyosida ambidekstrlar soni tobora ortib borayotgani ma'lum bo‘ldi. Bunday insonlarda bosh miyaning har ikki yarim shari ham aksariyat ko‘pchilikdan farqli ravishda birdek faol ishlaydi.

Biroq vaqt o‘tishi bilan chapaqaylik darajasi pasayib borishi qayd etilgan. Masalan, Amerikada 20 yoshgacha bo‘lganlar orasida chapaqaylar 12 foizni tashkil etgan bo‘lsa, 50 yoshlilarning faqatgina besh foizi, saksondan o‘tganlarning bir foizi chapaqay ekani ma'lum bo‘ldi.

Tadqiqotchilarning fikricha, bunga ayniqsa ta'lim olish jarayonida chapaqaylarga aksariyat yumushlar — yozish-chizish, ovqatlanish, sport bilan shug‘ullanish kabi yumushlarni o‘ng qo‘lda bajarishga majburlash yoki rag‘batlantirish sabab bo‘lar ekan.

Yana bir farazga ko‘ra, chapaqaylarning kamayib ketishiga jamiyatda belgilangan normalar sababchi hisoblanadi. Biroq bularning barchasi taxminlar xolos.

Asosiy farqlari

Qadimdan chapaqaylarga yomon ko‘z bilan qarash odati mavjud bo‘lib kelgan. Balki bunga ko‘pgina xalqlarda chap so‘zi yomonlik, yolg‘onchilik, o‘ng esa to‘g‘rilik, yaxshilik, haqiqat ramzi ekani ham sababdir. Ammo so‘nggi vaqtlarda o‘tkazilgan ayrim izlanish va olib borilgan kuzatuvlar rostdan ham chapaqaylar ruhiyati va salomatligida noodatiy o‘ziga xosliklar mavjudligini ko‘rsatdi. Ularda ichkilikbozlik, jinoyatchilik, turli o‘yinlarga beriluvchanlik, shuningdek, yuqumli va ruhiy xastaliklarga moyillik yuqori ekani ma'lum bo‘ldi.

2007 yili Oksford universitetida o‘tkazilgan tadqiqotlarda ham chapaqaylikka moyillik uyg‘otuvchi LRRTM1 geni shizofreniyaga chalingan bemorlarda ham mavjudligi o‘z isbotini topdi. Biroq keyinroq Kaliforniya universiteti olimi Daniel Geshvind mazkur farazni rad etib, bu kabi ruhiy xastaliklarning kelib chiqishi birgina genga bog‘liq emasligini ta'kidlab o‘tdi.

Chapaqaylar bosh miyasining boshqalardan farqli jihati hamon yetarlicha o‘rganilmagan. Biroq olimlarga bosh miyaning chap va o‘ng yarim sharlari qanday vazifalarni ado etishi ma'lum. Unga ko‘ra, chap yarim shar asosan ma'lumotlarni tahlil qilish hamda mantiqiy fikrlashga xizmat qilsa, bosh miya o‘ng yarim sharlari hissiyot va sezgilarga ko‘proq javob beradi. Chapaqaylarda asosiy boshqaruv bosh miya o‘ng yarim shari, boshqalarda esa bu chap yarim ashr orqali amalga oshishidan kelib chiqsak, chapaqaylarda tuyg‘ular va hissiyotlar mantiqiy fikrlash, biror ishga aql bilan yondoshishdan ko‘ra ustunroq turadi.

Xususan, ta'lim olishda, agar o‘quvchi o‘ng qo‘li bilan yozsa, axborot bosh miyaning chap yarim sharida tahlil qilinadi. Biroq chapaqayda vaziyat boshqacharoq. Ya'ni, ularda bosh miyadagi tahlil markazi har ikkala yarimsharda joylashgan. Balki shu sababdandir, chapaqay-siyosatchi va chapaqay-sportchilar o‘z faoliyatida vaziyatga “o‘ngchi”lardan ko‘ra boshqacharoq yondashib, ko‘proq natijaga erishadilar.

Buni 2006 yili Avstraliya universitetida o‘tkazilgan tadqiqot natijalari ham tasdiqlagandek. Unga ko‘ra, kompyuter o‘yinlarida chapaqaylar tezroq ko‘proq g‘alaba qozonishgan. Olimlar buni chapaqaylar bosh miya sharlarining o‘zaro axborot almashishi boshqalardan tezroq ekani bilan izohlashgan.

Shu bilan bir qatorda, chapaqaylar va “o‘ng tarafchi”larning axborotlarni tahlil qilishi ham turlicha kechadi. Jumladan, chapaqaylar birvarakayiga vizual fikrlasa, o‘ngchilar ketma-ketlikda tahlil qilishadi. Buni quyidagicha tasavvur qilish mumkin: mingta oq va bitta qizil koptokchani topish kerak bo‘lsa, o‘ngchilar ularni ketma-ket qarab chiqishadi. Chapaqaylar esa hammasiga bir vaqtda nazar tashlab, qizilini osongina topib oladi. Bundan kelib chiqib aytish mumkinki, o‘ng qo‘lda yumush bajaruvchilar avval bir vazifani ado etib, so‘ngra boshqasiga o‘tadi. Shuningdek, ular ma'lumotlarni tahlil qilishda “analiz” usulidan foydalanadi. Ya'ni, avval muammoni qismlarga bo‘lib, so‘ngra ularni birma-bir o‘rganib chiqadi va kerakli yechimni topadi. Chapaqaylar esa bir vazifadan ikkinchisiga tez-tez o‘tadi va tahlil qilishda “sintez” usulini qo‘llaydi — masalaga yaxlit nazar tashlaydi.

2006 Lafeyyet kolleji (ingl. Lafayette College) va Jon Xopkins (ingl. Johns Hopkins University) universiteti mutaxassislari hamkorlikda o‘tkazgan izlanishlarda kollejni tamomlagan chapaqaylar boshqalardan 15 foiz, universitet bitiruvchilari esa 26 foiz boyroq ekani ma'lum bo‘ldi.

2006 Lafeyyet kolleji (ingl. Lafayette College) va Jon Xopkins (ingl. Johns Hopkins University) universiteti mutaxassislari hamkorlikda o‘tkazgan izlanishlarda kollejni tamomlagan chapaqaylar boshqalardan 15 foiz, universitet bitiruvchilari esa 26 foiz boyroq ekani ma'lum bo‘ldi.

Chapaqaylik sabablari

Ba'zi hollarda kasallik yoki tug‘ma nuqsonlar sabab bosh miyaning chap yarim shariga shikast yetishi ham chapaqaylikka olib kelishi mumkin. Shuningdek, o‘ng qo‘ldan olingan jarohat uzoq vaqt bitmasligi natijasida chap qo‘ldan foydalanish ham chapaqaylikni keltirib chiqaradi.

Ayrim mutaxassislar taxminiga ko‘ra, homila qonida testosteron gormoni haddan ziyod ko‘p bo‘lsa ham chapaqay go‘dakning tug‘ilishiga olib keladi. Geshvind nazariyasi deb nom olgan mazkur taxminga ko‘ra, mashhur nevropatolog Norman Geshvin homiladorlik vaqtida testosteron gormoni bosh miya yarimsharlarining perinatal rivojlanishi tezligiga ta'sir ko‘rsatib, turli o‘zgarishlarga olib kelishi mumkinligini ta'kidlab o‘tgan. Olimning fikricha, ayniqsa o‘g‘il bolalar bosh miyasining chap yarim sharida testosteron ta'sirida rivojlanishda sustlik kuzatiladi. Agarda chap yarim sharda neyronlarning belgilangan nuqtalarni egallash – migratsiya jarayoni yetarlicha kechmasa, chapaqaylikka sabab bo‘ladi. Geshvinning qayd etishicha, chapaqaylar immun tizimi xastaliklariga ko‘proq uchrashadi. Bunga esa qondagi me'yoridan ortiqcha testosteron gormoni ham sababchi hisoblanadi.

Amerikalik olimlar o‘tkazgan tadqiqotlar har bir chapaqay ushbu “qusur”dan xalos bo‘lishi mumkinligini ko‘rsatdi. Buning uchun ular miyasidagi kerakli nuqtalarga aniq elektromagnit nurlanishlarni yo‘naltirish talab etiladi.

Noqulaylik tomonlari

Bugun har yetti kishining biri chapaqay bo‘lsa ham, ko‘pchilik ishlab chiqaruvchilar o‘z mahsulotlarida bu insonlarning fiziologik o‘ziga xosligini inobatga olmayotgani kuzatilmoqda. Jumladan, eshik qulflari, kompyuter sichqonchalari (ulardan chap qo‘lda foydalanish uchun maxsus sozlamalarga murojaat qilish talab etiladi)dan tortib, ko‘pgina ro‘zg‘or buyumlari chapaqaylar uchun noqulaylik tug‘diradi. Bu esa ularning davomiy stressga duchor qilishi ko‘p kuzatiladi.

Shunday bo‘lsa-da, chapaqaylar Mikelanjlo, Leonarda da Vinchi, Lyudvig van Betxoven, Uinston Cherchill, Mark Tven, Albert Eynshteyn singari ko‘plab mashhur insonlar bilan bir safda ekanidan fahrlanishlari mumkin.

Teglar

Top