10:59 / 13.08.2015
2650

Bag‘dod shahri yaqinidagi portlash tufayli 60 kishi halok bo‘ldi

13 avgust kuni Iroq poytaxti Bag‘dod shahri yaqinida navbatdagi terakt amalga oshirilishi tufayli 60 kishi halok bo‘ldi va 200 nafarga yaqin kishi og‘ir jarohatlar bilan shifoxonaga yetkazildi. Bu haqda Reyter nashri xabar bergan.

Ma'lum qilinishicha, bu terakt Bag‘dodning Sadr tumani hududida avtomobilga o‘rnatilgan portlovchi qurilmaning harakatga keltirilishi orqali sodir etilgan.

Ayni vaqtda bu terakt uchun jabovgarlikni hech qaysi tashkilot o‘z zimmasiga olmagan.

Top