13:09 / 13.08.2015
2620

Facebook Messenger’ga kengaytma yaratgan stajyorni ishdan bo‘shatdi

Facebook kompaniyasi Garvard talabasi Arana Xannani Facebook Messenger ilovasiga kengaytma yaratgani uchun yozgi stajirovkaga taklifini bekor qildi. Bu haqda Boston.com portali xabar berdi.
Stajyor may oyida Chrome brauzeri uchun Marauder's Map kengaytmasini yaratgan edi. U Messenger orqali muloqot qilayotgan suhbatdoshlarning joyini xaritadan aniqlash imkonini berar edi. Ammo kompaniya talabani ushbu dasturni o‘chirib tashlashga majbur qilib, uning Facebook shtab-kvartirasidagi stajirovkasini bekor qildi.
Shuningdek, kompaniya Xannaga matbuot bilan muloqot qilishni taqiqladi.
Bu xatti-harakatlarning sababi sifatida kengaytma haqidagi darakning boshqa resursda e'lon qilinishi va buning “kompaniya axloq standartlariga mos emasligi” ko‘rsatildi.

Top