15:55 / 13.08.2015
2587

Fallout Shelter’ning Android versiyasi chiqarildi

Bethesda kompaniyasi Fallout Shelter mobil o‘yinining Android platformasiga mo‘ljallangan versiyasini chiqardi. O‘yinni Google Play onlayn do‘konidan ko‘chirib olish mumkin.
Fallout Shelter’da o‘yinchiga o‘z bunkerini yaratib, u yerda odamlar sonini ko‘paytirish taklif qilinadi. O‘yinchi o‘zi yaratgan jamoani boshqarishi va rivojlantirishi talab qilinadi.
Kompyuter va konsollarga mo‘ljallangan Fallout’dagi singari, Shelter’da ham voqealar atom urushidan sog‘ qolgan odamlar bunkerlarda va boshpanalarda yashirinib kun kechirayotgan postapokaliptik dunyoda sodir bo‘ladi.
O‘yinning iOS platformasiga mo‘ljallangan versiyasi dunyoning 48 mamlakatida eng ko‘p ko‘chirilgan ilovalardan biriga aylandi.

Top