12:22 / 13.08.2015
2208

Fergyusondagi favqulodda holat tartibi yana 24 soatga uzaytirildi

Fergyuson shahri ma'muriyati politsiya va nomoyishchilar o‘rtasida kelib chiqqan to‘qnashuvdan so‘ng o‘rnatilgan favqulodda holat tartibi yana bir kunga uzaytirilishini ma'lum qildi, deyiladi TASS xabarida.

“O‘tgan ikki kun ichida sodir bo‘lgan hodisalarni o‘rganib chiqib aytishim mumkinki, huquq-tartibot organlari Fergyusonda zo‘ravonlik harakatlarining davomiyligiga barham berib, tartib o‘rnatishgan”, deydi Sent-Luis okrugi ijroiya hokimiyati rahbari Stiv Stenjyer.

Uning so‘zlariga ko‘ra, shahardagi favqulodda holat tartibi har ehtimolga qarshi yana 24 soatga uzaytiriladi.

Top