14:23 / 13.08.2015
2094

Lenovo yiliga 1,35 mlrd dollar tejash uchun 3 ming xodimini ishdan bo‘shatmoqchi

Shaxsiy kompyuterlar ishlab chiqaruvchi Xitoyning yirik Lenovo kompaniyasi xodimlarining 5 foizi yoki 3,2 ming nafarini bo‘shatib yubormoqchi. Bu haqda kompaniya hisobotida aytib o‘tilgan. Ishlab chiqarish bilan mashg‘ul bo‘lmagan xodimlarni bo‘shatish orqali yiliga 1,35 mlrd dollarni tejab qolmoqchi.

Ayni paytda kompaniyada faoliyat ko‘rsatayotgan xodimlar soni 60 ming nafarni tashkil etadi.

Bu kabi choralarni ko‘rishga kompaniyaning birinchi moliyaviy chorak (aprel-iyun)dagi sof foydasi 50,9 foiz yoki 105 million dollarga tushib ketgani sabab bo‘lmoqda. Bu davr ichidagi kompaniya daromadi esa 3 foizga ortib, 10,7 mlrd dollarga yetgan.

Yaqin vaqt ichida Lenovo amalga oshirgan yirik miqdordagi xaridlar quyidagilardan iborat: Googledan mobil telefonlari ishlab chiqaruvchi Motorola Mobility kompaniyasi uchun 2,91 mlrd hamda International Business Machinesdan biznes serverlarni ishlab chiqrish uchun 2,1 mlrd dollar.

Top